Sport | 14:55 / 12.05.2015
1737
2 daqiqa o‘qiladi

YeVRO-2016 o‘yinlari uchun 2,5 mln dona chiptalar sotuvga chiqariladi

2016 yilda Fransiyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionati uchrashuvlariga taxminan 2,5 million dona chiptalar sotuvga chiqariladi. Bu haqda UYeFA rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Shundan 1,8 millioni muxlislar uchun (umumiy chiptalarning 75 foizi)
chiqariladi. Shundan bir millioni 10 iyundan boshlab ochiq savdoga chiqariladi. Yana 800 mingta chiptalar esa saralash bosqichi nihoyasiga yetgach, mamlakatlar miqyosida taqsimlab chiqiladi.

Musobaqaning eng arzon chiptasi guruh bosqichidagi uchrashuvga bo‘lib, uning bahosi 25 yevroni tashkil qilishi kutilmoqda. Chorak finalning eng arzon chiptasi 45 yevro, yarim final va final uchrashuvlarida esa mos ravishda 65 va 85 yevroni tashkil qilish kutilmoqda. Chiptalarning eng qimmat narxi final o‘yini uchun birinchi kategoriyadagi chiptalar bo‘lib uning narxi 895 yevroni tashkil qiladi. Ochilish uchrashuvi uchun chiptalar 75 yevrodan 595 yevrogacha bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, tashkilotchilar chiptalar paketini ham sotuvga qo‘yish niyatida. Saralash musobaqalari yakunlangach, ma'lum hudud uchun o‘z jamoasini qo‘llab quvvatlash uchun chiptalar jamlanmasini sotib olish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

20 mingga yaqin chipta esa xayriya dasturi asosida bolalar uyidagi yetim bolalarga tarqatiladi.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joiz, musobaqalar 2016 yilning 10 iyunidan 10 iyuliga qadar bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish