Jahon | 09:03 / 12.05.2015
1312
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziya muhojirlar kelayotgan paromni hududiy suvlariga kiritmadi

Myanma va Bangladeshdan yo‘lga chiqqan muhojirlarni olib kelayotgan parom Indoneziya hududiy suvlariga kiritilmadi. Bu haqda Agence France-Presse agentligi Tvitterdagi sahifasi orqali ma'lum qildi.
Indoneziya harbiy dengiz kuchlari vakillaridan biri shunday ma'lumot bergan: “Kema Indoneziya qirg‘oqlaridan chiqarib yuborildi. Biz ularni Malayziya yoki Avstraliyaga ketishga majbur qilayotganimiz yo‘q. Bu bizning ishimiz emas. Bizning ishimiz ularni Indoneziya hududiga kiritmaslikdir”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish