Jahon | 09:56 / 12.05.2015
3401
1 daqiqa o‘qiladi

Kreml Putinning Kerri bilan uchrashishini tasdiqladi

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashishini tasdiqladi.
Uchrashuv 12 may kuni Sochida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv kun tartibida keng miqyosdagi masalalar muhokama qilinadi, ammo ular orasida iqtisodiy sanksiyalar masalasi bo‘lmaydi, deb xabar berdi matbuot kotibi.
Shuningdek, uchrashuvda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham ishtirok etishi aytildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish