Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:52 / 12.05.2015
2639
1 daqiqa o‘qiladi
Lavrov va Kerri Sochida uchrashdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Sochida AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Rejaga muvofiq, ikki siyosatchi birgalikda Ikkinchi Jahon urushida halok bo‘lgan sochiliklar xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasiga poyiga gulchambar qo‘yishadi.
Uchrashuvda Ukraina, Yaman, Eron va Suriyadagi vaziyat muhokama qilinadi.