Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:06 / 12.05.2015
1338
1 daqiqa o‘qiladi
Misr Adliya vaziri boshqa shaxsni kamsitishda ayblangani uchun iste'foga chiqdi
Misr Adliya vaziri Mahfuz Sobir o‘z lavozimidan ketdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Bu haqda Misr bosh vaziri bergan bayonotda ma'lum qilindi.
Qayd etilishicha, Sobir “chiqindi yig‘uvchi odam sudya lavozimini egallashga loyiq emas”, deb aytgan so‘zlari uchun tanqidga uchragan va iste'foga chiqishga ariza berishga majbur bo‘lgan.
Adliya vaziri o‘zining “yanglish gapirib qo‘ygani”ni tan olgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish