Jahon | 11:49 / 12.05.2015
1944
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada O‘zbekiston fuqarosi yonidan 1 kg geroin chiqdi

Moskva viloyatidagi Ximki shahar okrugi huquq-tartibot idoralari xodimlari O‘zbekiston fuqarosining yonidan 1 kg dan ortiq geroin moddasi topgan. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Voqea 7 may kuni sodir bo‘lgan. Politsiyachilar 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosini to‘xtatib, uning yonini tekshirganda, 1033.86 gramm geroin topilgan.
Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish