Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OPeK neftga dunyodagi talab bo‘yicha prognozlarni yana yaxshiladi
Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti – OPeK 2015 yilga neftga dunyodagi talab bo‘yicha prognozlarni qayta ko‘rib chiqdi. Xususan, prognoz kuniga 50 ming barrelga yaxshilanib, kuniga 92,5 mln barrelgacha oshirildi. Bu 2014 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,18 mln barrelga ko‘proqni tashkil qiladi. Bu haqda tashkilotning may oyidagi bayonotida ma'lum qilinmoqda.
2014 yil yakunlariga ko‘ra, prognoz aprel oyiga nisbatan kuniga 40 ming barrelga yaxshilanib, kuniga 91,32 mln barrelgacha oshirilgan edi.
Joriy yilning birinchi choragida neftga bir kunlik talab 91,51 mln barrelni tashkil qilgan.
OPeK 2015 yilda Rossiyada neft ishlab chiqarish hajmining kamayishi bo‘yicha prognozini o‘zgarishsiz qoldirdi.