Sport | 21:25 / 12.05.2015
1348
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik bokschilar Minskdagi musobaqada munosib ishtirok etdi

Minskda bo‘lib o‘tgan Sobiq ittifoq qahramoni Viktor Liventsev xotirasiga bag‘ishlangan boks bo‘yicha XIII Xalqaro musobaqada o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari munosib ishtirok etdi.

Hamyurtimiz Murodjon Axmadaliyev 56 kg gacha vazn toifasining final jangida belaruslik bokschi Dmitriy Asanovga imkoniyatni boy berib, kumush medal sohibiga aylandi. Yana bir sportchimiz Mahmud Garipov 69 kg gacha vazn toifasining final jangida yana bir belaruslik bokschi Pavel Kostrominga mag‘lub bo‘lib, kumush medal bilan cheklanib qoldi.

Eng og‘ir vazn – 91 kg dan yuqori vazn toifasida hamyurtimiz Botir Jalolov yana bir belaruslik bokschi Aleksandr Kaleyev ustidan g‘alaba qozonib, musobaqaning eng nufuzli vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

Minskdagi musobaqada 10 ta davlat – O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Litva, Moldova, Turkmaniston, Turkiya va Ukraina vakillari ringga ko‘tarilishdi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish