Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Ukrainada kecha-kunduz qurol-aslaha ishlab chiqarilyotganini ma'lum qildi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Donbassdagi vaqtinchalik tinchlik o‘rnatilishidan mamlakatning mudofaa qobiliyatini kuchaytirish va qo‘shinlarini qayta qurollantirish uchun foydalanilayotganini va shuning uchun mamlakatda kecha-kunduz qurol-aslaha ishlab chiqarilayotganini ma'lum qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
“Ukraina g‘alabasi uchun nafaqat frontdagi askarlar, balki front ortida ham o‘z kasbining ustalari xizmat qilishmoqda. Ular kecha-kunduz Ukraina armiyasi uchun qurol-aslaha ishlab chiqarishmoqda”, deb aytdi Poroshenko.
Poroshenkoning so‘zlariga ko‘ra, harbiy qismlar bir necha muhim yo‘nalishlarda tanklarga qarshi “Stugna” majmualari bilan kuchaytirilgan.