Jahon | 19:26 / 12.05.2015
3724
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Rossiya Arktikada xavfsizlik darajasini oshirganini ma'lum qildi

Rossiya tomonidan Shimoliy flot negizidagi tuzilmalarning yaratilishi Arktikada xavfsizlik darajasini oshirdi. Bu haqda “TASS” axborot agentligi xabar berdi.

Bu haqda Vladimir Putin Rossiya Mudofaa-sanoat majmuasini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda aytib o‘tdi.

“Shimoliy flot negizida Birlashgan strategik qo‘mondonlikning shakllantirilishi Arktikada xavfsizlik darajasini oshirdi, Rossiya uchun muhim bo‘lgan bu hududda harbiy infratuzilmani modernizatsiyalashga yordam berdi”, deb aytdi Putin.

Avvalroq, Rosreyestr Arktika milliy atlasini yaratish uchun 10 mln rubl sarflashi ma'lum qilingandi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish