Jamiyat | 20:40 / 12.05.2015
2662
1 daqiqa o‘qiladi

Respublika urush va mehnat veteranlari pansionatida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

Respublika urush va mehnat veteranlari pansionatida Mehnat vazirligi boshchiligida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda pansionatda yashaydigan ikki urush qahramoni hamda boshqa veteranlarga sovg‘alar topshirildi. Ikki urush qahramoniga “Kredit Aziya” magazinidan 2ta muzlatkich topshirildi.

Ulug‘bek nomidagi Toshkent xalqaro maktabi vakillari esdalik sifatida zamonaviy televizor hamda konsert dasturini sovg‘a qilishdi.

 

Tadbirda harbiy orkestr ishtirok etdi.

Shuningdek, veteranlarni tabriklash uchun 8 nafar o‘smir ham tashrif buyurdi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish