Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 11:25 / 12.05.2015
3011
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda sport meditsinasi markazi ochildi
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi qoshida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi ish boshladi.
Yangi muassasa zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar bilan ta'minlangan. Ayni kunlarda personalda o‘qitish va xizmat ko‘rsatishga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.
Markaz nafaqat sportchilarga va sport jamoalariga, balki aholiga ham xizmat ko‘rsatadi.