Jahon | 16:09 / 12.05.2015
2403
2 daqiqa o‘qiladi

Yatsenyuk Bosh prokuraturadan davlat byudjyetiga Yanukovichning 1,4 mlrd dollarini o‘tkazishni talab qilmoqda

Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk Ukraina Bosh prokuraturasidan Viktor Yanukovichga tegishli bo‘lgan va musodara qilingan 1,4 mlrd  dollarni davlat byudjyetiga o‘tkazishni talab qilmoqda. Bu haqda Ukraina Vazirlar mahkamasi saytida ma'lum qilindi.

“Arseniy Yatsenyuk Ukraina hukumati Viktor Yanukovich va uning atrofidagilarga tegishli bo‘lgan 1,4 mlrd dollarni hisbga olgani haqida eslatib qo‘ydi. Hukumat rahbari Ukraina Bosh prokuraturasi va sud hakamlariga “bu mablag‘lar hibsga olingandan musodara qilingan darajasiga o‘tkazilishini” so‘rab murojaat qildi” deyilmoqda xabarda. 

Yanukovich pullarning byudjyetga o‘tkazilishi “fuqarolar uchun ijtimoiy standartlarni oshirish hamda armiya va korrupsiyaga qarshi kurashni qo‘shimcha moliyalashga imkon beradi” deb ta'kidlamoqda.

Avvalroq, Ukraina davlat byudjyeti Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich va uning safdoshlarining xorijiy hisob raqamlarida hibsga olingan pullardan bor-yo‘g‘i 5014,05 grivna olgani ma'lum qilingandi.  

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish