Jahon | 09:44 / 13.05.2015
3538
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi hududiy da'volariga javob beradi

AQSh harbiylari Xitoyning dengiz hududlariga bo‘lgan da'vosiga javob berish uchun aviatsiya va flotdan foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi ma'lumot bermoqda.
AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter bahsli Spartli orollari hududiga kuzatuv samolyotlari va harbiy kemalar jo‘natish variantlarini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Bu xatti-harakatlar AQSh Xitoyning hududiy bahslarga kirishishini qo‘llab-quvvatlamasligini ko‘rsatib berishi kerak.
AQSh rasmiylarining nuqtai nazariga ko‘ra, bu hududlar xalqaro suvlarga tegishlidir.
AQShning hisob-kitoblariga qaraganda, Xitoy Spartli sun'iy orollarining hududidini bir yilda 2 ming gektarga kengaytira olgan. Sun'iy yo‘ldosh suratlaridan ma'lum bo‘lishicha, u yerda Xitoy tomonidan samolyotlar qo‘nish joyi qurilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish