Jahon | 19:24 / 13.05.2015
3213
1 daqiqa o‘qiladi

Arab koalitsiyasi tanaffus e'lon qilingan vaqtda Yamanga 4ta zarba yo‘lladi

Saudiya Arabistoni rahbarligidagi arab koalitsiyasi chorshanba kuni erta tongda seshanba kundan 5 kunlik gumanitar tanaffus e'lon qilinganiga qaramay, Yamanning Saad va Xadja viloyatlaridagi obektlarga 4ta havo zarbasi yo‘lladi. Bu haqda Yamanning Yemenipress portali xabar bergan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistonining Yaman bilan chegara hududini qo‘riqlayotgan samolyotlar Yaman shimoliy tumanlariga zarba yo‘llashni to‘xtatmayapti.

O‘z o‘rnida “Al-Arabiya” telekanali husiychilarni tanaffusni buzganlikda ayblamoqda. Telekanalning xabariga ko‘ra, Aden, Taiz va ad-Dali shaharlarida husiychilar hukumat qo‘shinlari bilan kurashni to‘xtatmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish