Jahon | 09:10 / 13.05.2015
9637
1 daqiqa o‘qiladi

Kerri Poroshenkoni buzg‘unchilik fikrlarini bildirayotganlikda aybladi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning Donetsk aeroportini qaytarib olish zarurligi haqidagi so‘zlariga izoh berib o‘tdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

“Agar prezident Poroshenko kuchishlatar operatsiyalarni boshlash kerakligini aytayotgan bo‘lsa, unda unga bunday harakatlarni amalga oshirishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rishni tavsiya qilgan bo‘lardik”, deb aytdi Kerri Sochida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv paytida bu holat yuzasidan jurnalistlar bergan savolga javoban.

Avvalroq Ukraina rahbari Ukraina qo‘shinlari "Donetsk xalq respublikasi" ayirmachilaridan Donetsk aeroportini orqaga qaytarib olishlarini ma'lum qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish