Jahon | 17:21 / 13.05.2015
3369
1 daqiqa o‘qiladi

Kerri Rossiyaga qarshi sanksiyalar Ukrainada tinchlikni saqlash uchun zarurligini aytdi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, Rossiyaga qarshi sanksiyalarning amal qilishi AQShning asl maqsadi hisoblanmaydi. Bu haqda “TASS” axborot agentligi xabar bermoqda.

Kerrining aytishicha, sanksiyalar Ukrainada tinchlikning saqlanishini kafolatlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

“Biz Rossiyaga qarshi sanksiyalar amal qilishini xohlamaymiz, biroq ular Ukrainada tinchlikni ta'minlash va o‘t ochishni to‘xtatish uchun zarurdir”, deb aytmoqda Kerri.

Vladimir Putin va Jon Kerrining uchrashuvi davomida Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun ikkala davlat mojaro ishtirokchilariga o‘z ta'sirlarini o‘tkazishdan foydalanishlari mumkinligi haqidagi kelishuvga erishildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish