Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makedoniyada IIV rahbari iste'foga chiqdi
Makedoniya Ichki ishlar vaziri Gordana Yankuloskaya va Xavfsizlik va kontrrazvedka boshqarmasi rahbari Sasho Miyalkov iste'foga chiqdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.
Shuningdek, Transport va aloqa vaziri Mile Yanakiyevskiy ham iste'foga ketdi.
Makedoniya bosh vaziri Nikola Gruyevskiy parlamentga ushbu vakant lavozimlar bo‘yicha nomzodlar nomini kiritdi. Gruyevskiy Ichki ishlar vaziri lavozimiga Jamoat xavfsizligi byurosi rahbari Mitko Chavkovo, Transport va aloqa vaziri lavozimiga Vlado Misaylovskiy nomzodlarini taklif qildi. Xavfsizlik va kontrrazvedka boshqarmasi rahbari lavozimiga nomzod nomi hozircha ma'lum qilinmagan.