Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:56 / 13.05.2015
2944
1 daqiqa o‘qiladi
NATO Afg‘onistondagi missiyalarini davom ettiradi
NATO rahbari Yyens Stoltenberg alyans Afg‘oniston hududida amaldagi missiya yakunlangandan keyin ham qolishini ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
“Bugun biz Afg‘onistonda amaldagi missiya yakunlangandan keyin ham qolishimiz borasida kelishuvga erishdik”, – ta'kidlab o‘tdi u.
Bundan tashqari, keyingi missiyalardan ko‘zlanadigan asosiy maqsad Afg‘oniston xavfsizlik institutlariga instruksiya berish bo‘lishini ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, alyansning Afg‘onistondagi hozirgi missiyasi “Qat'iy ko‘mak” deb ataladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish