Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:49 / 13.05.2015
2372
1 daqiqa o‘qiladi
Obama Saudiya shahzodalari bilan uchrashadi
AQSh prezidenti Barak Obama Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorligi Kengashi sammitidan oldin Oval kabinetda Saudiya Arabistoni shahzodalari Muhammad bin Naif va Muhammad bin Salmon bilan alohida uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Oq Uyga vakiliga tayangan holda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Sammi Kemp-Deviddagi qarorgohda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Obama Saudiya qiroli bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazmoqchi edi, ammo uning kela olmagani uchun endi shahzodalarni qabul qiladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish