Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 14:26 / 13.05.2015
1504
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘iston terma jamoasi Burkino-Faso bilan durang o‘ynadi
Futbol bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi 12 may kuni Olma-ota shahrida Burkino-Faso terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va bu o‘yin durang hisobi bilan yakunlandi.
O‘zbekistonlik futbol hakami Ravshan Ermatov boshqarib borgan mazkur uchrashuvda hisob ochilmagan.
Ma'lum qilinishicha, Qozog‘iston terma jamoasi keyingi o‘yinini shu yilning 12 iyunida, Yevro-2016 uchun saralash bosqichi doirasida Turkiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Bu o‘yin ham Olma-ota shahridagi Markaziy o‘yingohda tashkillashtiriladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish