Jahon | 10:34 / 13.05.2015
2947
1 daqiqa o‘qiladi

Seulda sodir bo‘lgan otishmada uch askar halok bo‘ldi

Janubiy Koreya poytaxti shimolidagi Negok-don harbiy mashg‘ulot qarorgohida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda Renxap agentligi xabar bermoqda.
Otishma natijasida uch nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi.
Tafsilotlardan ma'lum bo‘lishicha, harbiy xizmatchilardan biri avtomatik quroldan hamkasblariga qarata o‘t ochgan. So‘ng o‘z joniga qasd qilgan. Uning xatti-harakatlariga hozircha izoh berilgani yo‘q.
Otishma natijasida, o‘t ochgan harbiy xizmatchidan tashqari, bir nafar askar o‘lgan, besh nafari yaralangan. Shifoxonada yaradorlardan biri vafot etgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish