Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 16:04 / 14.05.2015
3117
1 daqiqa o‘qiladi
18 may kuni O‘zbekistonda “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkaziladi
18 may kuni O‘zbekistonda “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkaziladi. Ushbu kun doirasida barcha muzeylar aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi va I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san'at muzeyida 18 may kuni “Muzey oqshomi”ga sayohat uyushtiriladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish