Jahon | 18:14 / 14.05.2015
1781
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya Papua-Yangi Gvineyadan mustaqil bo‘lishga intilayotgan orolda elchixona ochdi

Papua-Yangi Gvineyaga qarashli Bugenvil orolida Avstraliyaning diplomatik missiyasi ish boshladi. Bu oroldagilar xalq referendumi orqali mustaqillikka erishishni istashmoqda.
Referendum shu yilning 8 iyun kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Referendum bilan bir vaqtda yangi rahbar saylanishi ham kutilmoqda.
"Bugenvil mamlakatimizning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi", deb bayonot beradi Papua-Yangi Gvineya bosh vaziri Piter O`nil.
Papua-Yangi Gvineya hukumati Avstraliyaning qarorini keskin norozilik bilan qarshi olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish