Sport | 21:31 / 14.05.2015
1302
1 daqiqa o‘qiladi

Futzal: O‘zbekiston terma jamoasi Gruziya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Kelasi yili Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Chempionatiga tayyorgarlikni boshlab yuborgan futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Gruziya bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Har ikki nazorat uchrashuvi ham Toshkentda 26, 27 iyun kunlari o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, futzal bo‘yicha Osiyo Chempionati 2016 yilning 9–21 fevral kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning eng yaxshi to‘rt jamoasi Kolumbiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma oladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish