Iqtisodiyot | 02:09 / 14.05.2015
1749
1 daqiqa o‘qiladi

General Electric Yaponiyadagi bo‘linmasini 5 mlrd dollarga sotishi mumkin

AQShning General Electric kompaniyasi o‘zining Yaponiyadagi bo‘linmasini 5 mlrd dollarga sotishi mumkin, deb yozmoqda The Wall Street Journal gazetasi.

Kompaniyaning Yaponiyadagi bo‘linmasi sanoat korxonalarini kreditlash va xaridlar bilan shug‘ullanadi. Bu bo‘linmani Mitsubishi UFJ Financial Group Inc. va Sumitomo Mitsui Financial Group kompaniyalari sotib olishi mumkin.
Avvalroq General Electric AQShdagi tijoriy kreditlash bo‘yicha bo‘linmasini taxminan 74 mln dollarga sotishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish