Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyadagi supermarketda beshta jasad solingan tobutlar topildi
Germaniyadagi tashlandiq supermarketda beshta jasad solingan tobutlar topildi. Bu haqda NBC News telekanali xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bu hodisa Klosterfeld shahrida ro‘y berdi. Mahalliy tobutchi supermarket binosidan bo‘sh tobutlarni va boshqa uskunalarni saqlash uchun foydalanishga ruxsat olgan. Biroq supermarketdagi muzlatgichda tobutlarga solingan beshta jasad topildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining mahalliy rasmiy vakillari bu “topilmadan” hayratga tushishgan.
Ayni paytda jasadlar krematoriyga yetkazilgan, voqea yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.