Iqtisodiyot | 18:12 / 14.05.2015
1979
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada kompaniyasi biznes samolyotlar ishlab chiqarishni qisqartiradi

Kanadaning Bombardier kompaniyasi eng yirik sanalgan Global 5000 va Global 6000 biznes samolyotlarini ishlab chiqarishni qisqartiradi. Bunga Rossiya va Xitoyda talabning tushib ketganligi sabab bo‘lganligi aytildi.

Bombardier Business Aircraft prezidenti Erik Martelning Bloomberg agentligiga bergan ma'lumotga qaraganda, bu borada batafsil ma'lumotlar tez kunda keng jamoatchilikka e'lon qilinadi.
Ayni kunlarda kompaniyaning Kanada va Shimoliy Irlandiyadagi zavodlarida Global modellarini ishlab chiqarish bilan 4 500 kishi shug‘ullanmoqda. Ishlab chiqarishning qisqarishi ishchilar soniga ham ma'lum ta'sir ko‘rsatishi aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish