Sport | 19:13 / 14.05.2015
2542
1 daqiqa o‘qiladi

Maradona Messinikidan ko‘ra ko‘proq chiroyli gollar urganini aytdi

Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Diyego Maradona "Bareselona" hujumchisi Lionel Messi o‘zi kabi chiroyli gollar urolmasligini ma'lum qildi.

"Messi to‘purarlik bobida meni ortda qoldirayotganini tan olishimga to‘g‘ri keladi. U o‘z faoliyati davomida mendan ko‘proq gollar urishga erishdi, ammo mening gollarim chiroyliroq edi. Fikrimcha, mening o‘z o‘yin uslubim bo‘lgan. Bu borada meni o‘z uslubini izlatgan Messidan kuchli deb hisoblash mumkin. U buni hali beri topa olmasa kerak", - deydi Maradona.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish