Jahon | 11:36 / 14.05.2015
1479
1 daqiqa o‘qiladi

NATO va Ukraina 2015 yilning kuzida birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazadi

NATO va Ukraina 2015 yilning kuzida birgalikda “Janubiy javob” deb nomlangan mashg‘ulotlar o‘tkazadi, deb xabar bermoqda RIA Novosti axborot agentligi.

Bu haqda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma'lum qildi.

“Ukraina kuzda favqulodda vaziyatlarga javob berish bo‘yicha NATO bilan birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bizning hamkorligimiz mustahkamdir va rivojlanishda davom etmoqda”, deb ta'kidlab o‘tdi Stoltenberg.

Qayd etilishicha, NATO Kiyevda o‘z xodimlarining sonini ko‘paytiradi, ular Ukraina Mudofaa vazirligiga maslahatlar berish bilan shug‘ullanadilar.

Avvalroq Stoltenberg Ukraina NATOning qo‘llab-quvvatlashiga umid qilishi mumkinligi aytgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish