Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston kam boyitilgan uran banki yaratiladi
Qozog‘iston hukumati Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bilan respublika hududida kam boyitilgan uran bankini tashkil qilish bo‘yicha kelishuv loyihasini ma'qulladi. Bu haqdagi qaror “Novosti Kazaxstan” agentligi tomonidan tarqatildi.
Hujjatda ko‘rsatilishicha, shartnomani energetika vaziri Vladimir Shkolnik imzolaydi.
Qozog‘iston 2010 yilda xalqaro kam boyitilgan uran banki depozitariyligiga nomzodini ko‘rsatgan edi. Qoidaga ko‘ra, u yerda xom ashyoning kichik miqdori saqlanishi kerak, shuningdek, bank yadroviy qurolga ega bo‘lmagan davlat hududida joylashishi talab qilinadi. Depozitariyga har qanday davlat murojaat qilib, o‘z atom elektr stansiyalari uchun yoqilg‘i olishi mumkin bo‘ladi.
Taxminlarga ko‘ra, yangi bank mamlakat sharqidagi Ulbinsk metallurgiya zavodi negizida tashkil qilinishi mumkin. U ayni paytda yadroviy materiallar va nodir rangli metallar eksporti bo‘yicha milliy operator hisoblanadi.