Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramzon Qodirov 17 yoshli kelinni Galkinga qiyosladi
Ramzon Qodirov 57 yoshli chechen politsiyachisi va 17 yoshli chechen qizining nikoh to‘yi haqidagi ma'lumotga Pushkinning so‘zlari bilan izoh berib o‘tdi.
“Sevgi oldida barcha yosh vakillari bo‘yin egadi”, deb Pushkinning “Yevgeniy Onegin” asaridan parcha keltirib o‘tdi Qodirov.
Qodirovning aytishicha, ushbu to‘y atrofidagi shov-shuv “qandaydir liberal janoblar tomonidan buyurtirilganga o‘xshaydi”.
“Ko‘pchilik Viktor Yerofeyevni taniydi. Aqlli, dono odam. Rafiqasi o‘zidan 40 yosh kichik. Andrey Konchalovskiy bo‘lsa rafiqasidan 36 yoshga katta. Vladimir Shainskiy esa bor-yo‘g‘i 41 yoshga katta. Gradskiy – 33 yoshga, Gordon – 30 yoshga, Dibrov 31 yoshga o‘z rafiqalaridan katta. Hamma tomonidan sevimli bo‘lgan Alla Pugacheva esa o‘zidan 27 yosh kichik bo‘lgan Maksim Galkinni er qilib oldi. Va ularning bari baxtli! Bu holatlar hech kimni taajjublantirmaydi, hech kim Tergov qo‘mitasi va prokuraturadan tergov o‘tkazishni so‘ramaydi”, deb o‘z fikrini bildirib o‘tdi Checheniston rahbari.
Avvalroq Qodirovning matbuot kotibi to‘y haqidagi ma'lumotni inkor etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Chechenistonning Nojay-Yurt tumani ichki ishlar boshqarmasi politsiya bo‘limi rahbari 57 yoshli Najud Guchigov 17 yoshli Xadi Goylabiyevani o‘ziga ikkinchi xotin qilib olmoqchi bo‘lgani haqida ma'lumotlar tarqalgan edi. Ma'lumotlarga ko‘ra, ularning to‘yi 2 mayda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq to‘y bo‘lishi arafasida kelinning hamqishloqlari “Novaya gazeta”ga qiz ham, uning oilasi ham bu nikohni xohlamayotganini Checheniston rahbariga yetkazishini so‘rab murojaat qilgan edi.