Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni o‘z neft strategiyasini muvaffaqiyatli deb baholadi
Saudiya Arabistoni neft narxi bo‘yicha strategiyasini muvaffaqiyatli deb baholadi. The Financial Times gazetasining bayonotga tayanib ma'lum qilishicha, aprel oyida neft qazib olish hajmi 10.3 mln barrelni tashkil qilgan. Mutasaddi shaxslarning ta'kidlashicha, joriy yilning iyun oyida bo‘lib o‘tadigan OPeK yig‘ilishida ushbu strategiyani qayta ko‘rib chiqishga hech qanday ehtiyoj yo‘q.
Narxlarning tushishi natijasida qimmatbaho neft turlariga investorlarning bo‘lgan qiziqishi kamaygan. Bu o‘z navbatida Saudiya Arabistoniga jahon neft bozorida yetakchi mavqeni saqlab qolishga yordam bergan.
Ta'kidlanishicha, boshqa mamlakatlar raqobatbardoshligining kuchayib borishi hamda muqobil energiya manbalarining kirib kelishiga qaramay, Saudiya Arabistoni o‘z mavqeini saqlab qola oladi.