Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serbiyada "Partizan" jamoasi 26-marta chempion bo‘ldi
Futbol bo‘yicha Serbiya oliy logasining 28-turida "Partizan" safarda "Napredak"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Natijada bu jamoa hisobidagi ochkolar 69taga yetdi hamda bu belgradliklarning turnir yakunlanishiga 2 tur qolganida chempionlikni nishonlashlari uchun yetarli bo‘ldi. Bu "Partizan" uchun 26-chempionlik sifatida tarixga kirdi. Ikkinchi o‘rin uchun "Tsrvena Zvezda" va "Chukarichki" jamoalari raqobatlashmoqda.
Jamoa o‘zining 19ta chempionlik titulini Yugoslaviya davlati tarqalib ketmagan davrda qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Serbiya davrida 7 marta chempionlikka erishilgan.