Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Germaniya bankining vakolatxonasi ochiladi
Toshkentda Baden-Vyurtemberg Landesbanki (LBBW) vakolatxonasining ochilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston savdo va sanoat palatasining xabar berishicha, rasmiy ochilish marosimi Lotte City Hotel Tashkent Palace mehmonxonasida 27 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Landesbank Baden-Wuerttemberg (LBBW) banki Germaniyaning 10ta eng yirik bankidan biridir. Ayni paytda u eng yirik yer banki hamdir. LBBW Shtutgart shahri va Baden-Vyurtemberg yeri tomonidan nazorat qilinadi.
Ayni paytda tashkilotning xalqaro bo‘linmasi O‘zbekistonning Trustbank va Asia Alliance Bank banklari bilan hamkorlik qilmoqda.