Texnologiya | 18:01 / 14.05.2015
2271
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyaliklar ko‘z qarashi orqali yoqiladigan smartfon ishlab chiqishdi

Yaponiyaning Fujitsu kompaniyasi o‘z egasining ko‘zini taniy oladigan mini-skanerga ega noodatiy smartfon yaratdi.

The Daily Mail Online nashrining xabar berishicha, smartfonni yoqish uchun yoki undagi biror dasturni ochish uchun unga bir qarashning o‘zi kifoya qiladi.

“Biz smartfonda qalbakilashtirish qiyin bo‘lgan ko‘zning rangdor pardasi bo‘yicha autentifikatsiya qilishning yangi usulidan foydalandik. Smartfonni birgina ko‘z qarash bilan boshqarish juda qulay va tez amalga oshiriladi. Ekranga bir nigoh tashlash bilan u blokdan chiqadi. Bu qo‘llarni ishlatish zaruratidan xalos qiladi”, deb aytmoqda Fujitsu kompaniyasidagilar.

Shuningdek, kompaniya ushbu smartfon 2015 yilning oxirida sotuvga chiqarilishini ma'lum qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish