Iqtisodiyot | 09:50 / 15.05.2015
2390
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Ukrainaga gaz eksportchisiga aylanishda yordam beradi

Ukraina gaz eksportchisiga aylanishi mumkin. Bunday fikrni AQShning Ukrainadagi elchisi Jyeffri Payyett bildirib o‘tdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Payyett AQSh tomonidan Ukrainaning gaz sektoriga investitsiyalar kiritilishiga va'da berdi va investorlar uchun gaz qazib olish renta bojini kamaytirishga chaqirmoqda.

“Aslida Ukraina 1950 yilgacha Moskva va Minskga gaz eksport qilgan. 1970 yilgacha bu eksport 70 mlrd kubometrni tashkil qilgan va bu holat Sibirda gaz zaxiralari topilmagunga qadar davom etgan. Ukraina yana bunday maqomga erisha olmasligiga hech qanday sabab yo‘q”, deb ta'kidlamoqda Payyett.

AQSh elchisi Ukraina neft-gaz sohasidagi vaziyatni progress deb atadi va hukumatni tariflarni ko‘rib chiqqani uchun maqtab qo‘ydi.

Avvalroq Ukrainaning “Naftogaz” kompaniyasi Yevropa Ittifoqi bilan gaz sotib olish uchun kredit olish bo‘yicha murakkab muzokaralar olib borayotgani xabar qilingadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish