Jahon | 21:00 / 15.05.2015
3260
1 daqiqa o‘qiladi

Ben Laden maslahatchisi AQShda umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi

AQSh hukumati Usama ben Ladenning yordamchisi deb hisoblagan, kelib chiqishi saudiyalik bo‘lgan 52 yoshli Xolid al-Favvaznni umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Qayd etilishicha, al-Favvazn 1998 yilda AQShning Keniya va Tanzaniyadagi elchixonalarida sodir etilgan portlashlarga aloqadorlikda aybdor deb topilgan. Bu teraktlar oqibatida 224 kishi qurbon bo‘lgan (ular orasidan 12 nafari AQSh fuqarosi bo‘lgan), 4 mingdan ziyodroq odam jarohat olgan edi. Qurbonlarning ko‘pchiligi yondosh uylarda yashagan odamlar va yo‘lovchilar bo‘lgan.
Terrorchi uch yil avval Buyuk Britaniyadan AQShga yana 4 nafar terrorchi bilan birga ekstraditsiya qilingan edi.

Nyu-York sudi chiqargan hukmda al-Favvaz Londondan turib, “Al-Qoida”ning a'zolari uchun Afrikaga yetkazib berishlarni tashkillashtirish bilan shug‘ullangani aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish