Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 13:10 / 15.05.2015
2255
1 daqiqa o‘qiladi
Burundida amalga oshmagan fitna tashkilotchilari hibsga olindi
Burundi hukumati amalga oshmagan davlat to‘ntarishiga bo‘lgan harakat tashkilotchilarini hibsga oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, fitnachilar prezident Per Nkurunzizani hokimiyatdan olib tashlamoqchi bo‘lgan. Tashkilotchilikda ayblanayotgan uch nafar general qo‘lga olingan.
Ayni paytda prezidentga qarshi namoyishlar davom etmoqda. U bir necha soatdan so‘ng millatga murojaat qilishi aytilmoqda.