Sport | 05:20 / 15.05.2015
2220
1 daqiqa o‘qiladi

"Dnepr" muxlislari "Napoli" bilan o‘yindan keyin tribunada tartibsizlik keltirib chiqarishdi

Yevropa ligasining yarimfinali doirasida "Dnepr" va "Napoli" jamoalari Kiyevning "Olimpiyskiy" o‘yingohida javob uchrashuvini o‘tkazishdi va ukrainlar jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqa finaliga chiqdi.

Bu o‘yindan keyin mezbon jamoa muxlislari tribunada to‘polon uyushtirishdi. Muxlislar mehmon jamoa muxlislari o‘tirgan sektorga hujum uyushtirishgan va ularga turli buyumlar otib, haqoratlashgan. Politsiya o‘z vaqtida janjalni to‘xtatgan.

Ayni vaqtda aybdorlarni aniqlash va ularga chora ko‘rish ishlari olib borilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish