Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 08:26 / 15.05.2015
5068
1 daqiqa o‘qiladi
Krishtianu Ronaldu jamoasi Chempionlar Ligasidan chiqib ketgani tufayli yig‘ladi
“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasi Chempionlar Ligasidan chiqib ketgani tufayli kiyim almashtirish xonasida yig‘ladi. Bu haqda Cuatro nashri xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” jamoasi “Yuventus” bilan ikkinchi uchrashuvda 1:1 hisobida durang o‘ynab, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O‘yindan so‘ng Ronaldu birinchilardan bo‘lib maydonni tark etdi. Kiyim almashtirish xonasiga yetib kelgach esa, ko‘z yoshlarini tutib tura olmadi. Serxio Ramos va Iker Kasilyas uni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilishdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish