Jahon | 13:01 / 15.05.2015
1785
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston aeroportida o‘g‘irlik qilgan talonchilar Qozog‘istonda va Rossiyada qo‘lga olindi

Qirg‘iziston huquqni muhofaza qilish organlari rossiyalik va qozog‘istonlik hamkasblari bilan O‘sh shahar aeroportida o‘g‘irlik sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni qo‘lga oldi, deb xabar beradi RIA Novosti.

2014 yilning dekabrida 5 nafar qurolli shaxs aeroportning VIP-zaliga bostirib kirib, 5.5 mln dollar solingan sumkani o‘g‘irlab ketgan edi.
Taxminga ko‘ra, jinoyatni tashkillashtirishda o‘n kishi qatnashgan. Ulardan to‘rt nafari joriy yilning fevralida Qirg‘izistonning o‘zida qo‘lga olingan edi. May oyida bir nafari Rossiyada, ikkitasi esa Qozog‘istonda qo‘lga olindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish