Jahon | 08:25 / 15.05.2015
1984
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada ichak kasalliklari bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi

Xabarovsk o‘lkasi prokuraturasi ayrim aholijoylarda ichak kasalliklarining avj olishi yuzasidan tekshiruv ishlari o‘tkazmoqda. Rossiya tergov qo‘mitasi esa fuqarolar sog‘lig‘iga zarar keltirayotgan va hayotiga xavf solayotgan xizmat ko‘rsatilishi yuzasidan ish qo‘zg‘adi. Bu haqda o‘lka prokuraturasining matbuot xizmati ma'lum qildi.
Aytilishicha, may oyining boshida Visokogorniy qishlog‘ida 40 kishi ichak kasalligiga yo‘liqqan. Ulardan 21 nafari maktab yoshidagi, 4 nafari maktab yoshiga yetmagan bolalardir.
Rospotrebnadzor xodimlari tegishli tahlillar va surishtiruvlarni amalga oshirmoqda. Birinchi navbatda maishiy xizmat ko‘rsatuvchi davlat korxonalari hamda mahalliy o‘zini boshqarish muassasalari tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish