Jahon | 14:58 / 15.05.2015
3218
1 daqiqa o‘qiladi

Udmurtiyada o‘zbekistonlik zo‘ravon qo‘lga olindi

Rossiya ichki ishlar vazirligi Udmurtiya Respublikasi jinoiy qidiruv bo‘limi xodimlari Federal migratsiya xizmati bilan hamkorlikda 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi.

Udmurtiya bo‘yicha ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Xorazm viloyatida tug‘ilib o‘sgan fuqaro zo‘ravonlikda ayblanmoqda.
Ayni paytda u hibsda saqlanmoqda. Uni yurtiga qaytarib yurish masalasi ko‘rib chiqlmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish