Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Braziliyaga 50 mlrd dollar investitsiya kiritadi
Xitoy va Braziliya hukumati infrastruktur loyihalar bo‘yicha shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda Braziliya TIV Osiyo va Okeaniya ishlari bo‘yicha vakili Joze Alfredu Grasa Lima bayonot berdi.
CNN Expasion kanalining eslatib o‘tishicha, yaqinda XXR bosh vaziri Li Ketsyan Braziliyaga keladi. Uning tashrifi doirasida Braziliya hududida bir qator infrastruktur loyihalarni amalga oshirish borasida muzokaralar olib boriladi. Loyihalarning umumiy qiymati 50 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Investitsiyalar asosan og‘ir sanoat va infrastrukturani yangilashga yo‘naltiriladi.