Jamiyat | 07:12 / 15.05.2015
6470
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxlik tadbirkor sud ijrochilarini kaltakladi

Jizzaxning Zarbdor tumanida yakka tartibdagi tadbirkor Baxtiyor Do‘stbekov sud ijrochilarining faoliyatiga xalaqit berib, ularni kaltakladi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Keltirilishicha, sud ijrochilari G‘. Po‘latov va A. Abdug‘afforovlar uning qarzdorligi evaziga majburiy ravishda pul undirish uchun hovlisiga kelgan. Uyda bo‘lgan singlisi Saodat darhol akasiga qo‘ng‘iroq qilgan. Baxtiyor yetib kelib, majburiy undirilgan va mashinaga yuklangan mol-mulkni qaytarib olishga harakat qilgan. To‘polon paytida u sud ijrochilaridan birining ko‘kragiga tepgan, ikkinchisiga ham tan jarohati yetkazgan. So‘ng ularni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, mashina oynasini tosh bilan sindirgan.
Bu huquqbuzarlik yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, Do‘stbekov jazoga tortilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish