Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda sobiq prezident Muhammad Mursiy o‘limga hukm qilindi
Misr sudi mamlakatning sobiq prezidenti Muhammad Mursiyga o‘lim jazosini tayinladi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Qayd qilinishicha, Mursiy davlatga xiyonat qilishda ayblangan.
Sud hukmi Misrning oliy muftiyci tomonidan tasdiqlanishi kutilmoqda.
Yakuniy qaror shu yilning 2 iyun kunida e'lon qilinadi.
Biroz oldinroq, Qohira sudi Mursiy va uning tarafdorlarini 20 yildan qamoq jazosiga hukm qilgandi.
Ma'lumot uchun, 2013 yilda Misrda Mursiy va uning hukumati o‘z muxoliflarining 38 nafarini o‘ldirgan hamda 500 nafardan ortig‘i jabrlanishiga sabab bo‘lgandi.