Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:04 / 16.05.2015
1831
1 daqiqa o‘qiladi
Salvadorda ro‘y bergan YTH oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi
Salvadorda yirik yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi va 14 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Reyter xabar bergan.
Xabarda aytilishicha, yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, avtobusga borib urilgan.
Qurbon bo‘lganlarning 8 nafari o‘smir, 6 nafari esa bolalar bo‘lgan. Yana 12 kishi turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisa aybdori bo‘lgan haydovchi halokatdan omon qolgani aytilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish