Jahon | 10:50 / 16.05.2015
2564
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston Suriya va Iroqdan jo‘natiladigan pul o‘tkazmalarini nazorat qiladi

Tojikiston hukumati Suriya va Iroq hududidan keladigan pul o‘tkazmalarini tekshirib boradi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi ma'lum qilgan.
Tojikiston hukumati bu orqali tojikistonliklarning jangarilar safiga yollanish holatlariga qarshi kurashishni maqsad qilgan.
"Tojikiston fuqarolari tashqaridan keladigan to‘lov mablag‘larisiz tashqariga chiqishmaydi. Bank xodimlari bu masalalarda biz bilan hamkorlik qiladi", deydi amaldorlardan biri.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish