Sport | 23:07 / 16.05.2015
4662
2 daqiqa o‘qiladi

Uzoq kutilgan final: Kanada-Rossiya

Chexiyada bo‘lib o‘tayotgan xokkey bo‘yicha Jahon chempionatining birinchi yarimfinalida Kanada terma jamoasi musobaqa mezboni Chexiya termasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Musobaqaning guruh bosqichida Olimpiya chempionlari mezbonlarni 6:2 hisobida yutgan edi. Kanada termasi ushbu chempionatda ishonchli tarzda g‘alabalarga erishmoqda va musboqaning oltin medallarini qo‘lga kiritish uchun asosiy da'vogar hisoblanmoqda.

Shimoliy Amerika vakillari uchrashuvning 9-daqiqasida hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi: Krosbi oshirgan shaybadan keyin Xoll Chexiya darvozaboni Paveletsning darvozasiga shayba kiritdi. Kanadaliklar hujum uyushtirishda davom etdilar. Biroq kanadaliklarning ikkinchi shayba kiritishlarini uzoq kutishga to‘g‘ri keldi.

O‘yinning 30-daqiqasida chexlar ikkinchi shaybani o‘tkazib yuborishdi. Musobaqaning eng yaxshi to‘purari Spetstsa Chexiya termasi darvozasining burchagiga shayba kiritdi.

Shu tariqa, Kanada finalda musobaqaning bosh sovrini uchun Rossiya bilan 2009 yildan beri ilk marta bellashadigan bo‘ldi. Uchrashuv 17 may kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish